8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

07:57 / 14.02.2019 3935

Shayxontohur prokuraturasi tumandagi korxonalar duch kelayotgan muammolarni o‘rganmoqda

Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan tumanda eksport hajmini ko‘paytirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda mavjud muammo va to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha hududiy eksport dasturida kiritilgan korxonalarda 2019 yil 1-chorakda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari ijrosini to‘liq ta'minlash choralarini ko‘rilmoqda.

Xususan, Shayxontohur tumani hokimi Sh.Muxamedxanov va tuman prokurori O.Xoshimov ishchi guruhi a'zolari bilan birgalikda tumanda faoliyat olib borayotgan “POLYPLAST TECHNOLOGIES” MChJ QK, “IXLOS MEBEL” MChJ , “VALIYSARKOR” MChJ, “STATUS-MUBARRO” MChJ, “MUBORAK MEBEL” MChJ hamda “GERMES TEKS” MChJ faoliyatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar hamda mavjud takliflar bilan tanishdi.

Shuningdek, ushbu korxona va tashkilotlar omborlaridagi eksportbop mahsulotlar qoldig‘i miqdori hamda uning omborda turib qolishi sabablarini o‘rganish va o‘rganish natijalari bo‘yicha asosli taklif-tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” Dasturi ishlab chiqish belgilanib olindi.

Bundan tashqari, tumanda faoliyat yuritayotgan 1 mingdan ziyod hududiy sanoat korxonalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan holda, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar bilan tijorat takliflarini shakllantirish hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda xorijiy hamkorlar topish yo‘nalishida ishlar jadal davom ettirilmoqda. 

Eksportbop mahsulot ishlab chiqarayotgan hududiy korxonalarni chet davlatlarda tashkil etilayotgan yarmarkalarda ishtirokini ta'minlash hamda eksportbop mahsulot ishlab chiqarayotgan hududiy korxonalar orasidan iqtisodiy barqarorlarini tanlab olish va ularga chet davlatlarda savdo uylarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Top