Qarşi tumani prokuraturasi tergovçisi pora olayotganda qölga tuşgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, 2024 yil 8 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda Qarşi tumani prokuraturasi tergovçisi iş yurituvida bölgan jinoyat işi böyiça aybdor şaxsga nisbatan yengillik qilib beriş evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 2024 yil 13 fevral kuni Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir Ğulomov 90 ming AQŞ dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qölga olingandi.
U Buxoro viloyati prokuraturasi iş yurituvidagi «Kogon yoğ-ekstraksiya zavodi» AJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi böyiça qidiruvda bölgan jamiyat ta’sisçisi M.I.dan unga nisbatan qöllangan qamoq ehtiyot çorasini bekor qiliş va jinoyat işi böyiça yengillik qilib beriş evaziga vositaçi orqali 90 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangandi.













