08:17 / 16.02.2019
27479
Kuvayt kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini ishga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda 

2019 yil 13 fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazirlik rahbari Sherzod Kudbiyevning Alshaya Group (Kuvayt) ijrochi direktori Muhammad Ash Shay bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Uchrashuvning asosiy mavzusiga Alshaya Group kompaniyasi tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish istiqbollarini muhokama qilish aylandi.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Alshaya Group dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, u yetti sohada 4000dan ortiq do‘konlarni boshqaradi. Kompaniya dunyoning 120 mamlakatidan 53 mingdan ortiq kishini ish bilan ta'minlaydi. Alshaya Group Yaqin sharq, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Yevropaning bir qancha mamlakatlarida Starbucks, H&M, Mothercare, Debenhams, American Eagle Outfitters, P.F. Chang’s, The Cheesecake Factory, Victoria’s Secret, Boots, Pottery Barn, KidZ kabi brendlar franshizasini boshqaradi.

Uchrashuv doirasida Alshaya Group hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi. U O‘zbekiston fuqarolarini mazkur korxonada ishga joylashtirish istiqbollarini ochib beradi.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Top