Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev Kuvaytning Petroleum Dynamics kompaniyasi prezidenti Ahmad al-Utaybiyni qabul qildi.

TIV ma’lumotiga köra, uçraşuvda iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari suriş, jumladan, Kuvayt sarmoyalarini Özbekistonga jalb etiş va qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Petroleum Dynamics kompaniyasi bilan hamkorlikni faollaştiriş böyiça qöşma çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş va amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.