Özbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Ayubxon Yunusov Kuvayt poytaxtiga yetib bordi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qilmoqda.
50 yoşli Ayubxon Yunusov Imom al-Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti, «Al-Azhar» universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomşunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.
2003 yildan buyon Taşqi işlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elçixonada, Jidda şahri va Dubaydagi Boş konsulliklarda işlagan. Kuvaytga elçi sifatida tayinlanişidan oldin u Taşqi işlar vazirligining konsullik-huquqiy departamenti boşqarma boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.
Ayubxon Yunusov 2016-2022 yillarda Özbekistonning Kuvaytdagi elçisi bölib işlagan Bahromjon Aloyev örniga tayinlangan.
Oldinroq Özbekistonning Belarusdagi elçisi tayinlangandi.













