08:34 / 22.02.2019
37942

12 yildan beri mag‘lubiyatga uchramagan jangchi Nurmagomedovga javob qaytardi

Foto: Getty Images

Aralash yo‘nalishdagi afsonaviy jangchi Jorj Sen-Per rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov haqida o‘z fikrini bildirdi.

Faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qilgan Sen-Perning bildirishicha, rossiyalik bilan jang tashkillashtirishga urinishgan, ammo bu amalga oshmay qolgan.

«Nurmagomedov bilan jang tashkil etishga harakat qildik. Bilamanki, u xuddi men kabi buni juda xohlayapti. Ammo UFC’da boshqa rejalar bor edi. Habib internetda aytganlarini ko‘rdim. Men uchun eng qiziqarli va eng yomon narsa - kamchiligi yo‘q sportchi bilan jang o‘tkazish. Hozir Nurmagomedov men jang qilishni xohlayotgan shaxsdir. Bu mening merosim uchun juda yaxshi bo‘lardi. Har qanday holatda ham Habib - dunyodagi eng yaxshi jangchi. Men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman», - deya ma'lum qildi Sen-Per matbuot anjumanida.

Ta'kidlab o‘tish kerakki, jangchi 2007 yildan buyon mag‘lubiyatga uchramagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov Jorj Sen-Perni jangga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top