«Qo‘y sotib oldim, chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchiman» – Habib Nurmagomedov kelajakdagi rejalarini aytdi
UFC bo‘yicha mutlaq jahon chempioni Habib Nurmagomedov kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, faoliyatini tiklash maqsadi yo‘q.

Foto: AP Photo / John Locher
«Keyingi yil o‘qishni bitiraman (Nurmagomedov Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining sirtqi bo‘limida tahsil oladi), diplom himoya qilish, magistraturaga kirish, degandek. Xullas, o‘qishga ko‘proq e'tibor bermoqchiman. Keyingi besh yilda.
Yana qo‘ylar sotib oldim, yemlanadigan buqachalarim, sigirlarim bor. Chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchiman, bu borada ham o‘sishni istayman. Jahon darajasida emas, albatta. Lekin sportda ham qachondir shunchaki shug‘ullanishni boshlaganman.
Foydam tegadigan joyda bo‘lishni xohlayman. Bu uchun albatta katta siyosatda bo‘lishim shart emas. Hozir ham katta siyosatchi bo‘lmay turib odamlarga foydam tegyapti, menga shu ham yetarli.
40 yoshgacha ham urushish mumkin, lekin bu uchun maqsad bo‘lishi kerak. Men eng cho‘qqiga chiqishni maqsad qilgandim va bunga erishdim. Ortiq u yerda musobaqalashish qiziq emas», deb Nurmagomedovning so‘zlarini keltirmoqda TASS.
24 oktyabr kuni Abu Dabida amerikalik Jastin Getjini mag‘lub etgan Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. U onasining xohishiga ko‘ra ortiq urushmasligini aytdi. Dog‘istonlik jangchi UFC'da 29 marta oktagonga ko‘tarilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Faoliyatini yakunlagan Nurmagomedov o‘z faoliyatida ilk marta UFC reytingida vazn toifasidan qat'i nazar mutlaq birinchi o‘ringa ko‘tarilgandi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
-
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi
Jahon | 17:24
Mavzuga oid

18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV

21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi

19:55 / 01.07.2024