12:11 / 03.03.2019
36435

OAV AQSh va KXDR o‘rtasidagi sammit nima uchun erta yakunlangani sababini ma'lum qildi

Foto: REUTERS

AQSh va KXDR o‘rtasidagi sammitning muddatidan oldin yakunlanishiga Amerika prezidenti Donald Trampning uranni boyitish bo‘yicha maxfiy korxonani yopish to‘g‘risidagi talabi sabab bo‘lgan. Bu haqda The Sunday Times yozmoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, gap Chxollim shahrida joylashgani taxmin qilinayotgan obekt haqida bormoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Amerika tomoni zavodni yo‘q qilishni talab qilgan, Kim Chen Inning rad javobidan keyin esa muzokaralarni to‘xtatishni talab qilgan. Shundan so‘ng Tramp AQShga uchib ketgan, Shimoliy Koreya yetakchisi esa Vetnamdagi safarini davom ettirgan.

KXDR-AQSh sammiti 27-28 fevral kunlari Xanoy shahrida bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat rahbarlarining muzokarasi yakunida hech qanday hujjat imzolanmadi.

Top