8458.16 USD +9.27

9501.05 EUR +38.29

129.74 RUB -0.07

10994.8 GBP -133.27

13:51 / 05.03.2019 18284

«Yuventus» Ronaldu kerak emas deb hisoblayotgan futbolchi yuzasidan «Real»ga taklif jo‘natdi

Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Marko Asensio «Yuventus»ga o‘tishi mumkin, deb xabar tarqatdi Tuttosport.

Nashrning yozishicha, Turin klubi madridliklar asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan xavbek bo‘yicha taklif jo‘natgan. Ispaniyalikning shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan, shu bois transfer qiymati ancha yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres yozda jamoa tarkibini isloh etishni mo‘ljallamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Asensioning o‘zi ham «Yuve»ga o‘tish variantiga qiziqish bilan qarayotgani xabar qilingan edi. Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa dekabr oyida bergan intervyularidan birida ushbu sobiq jamoadoshi «Yuve»ga kerak emas, degan fikrda ekanini aytgandi.

«Asensio, Xames va Beyl haqida yozishyapti. Ammo, to‘g‘risini aytsam, «Yuventus»ga bu futbolchilar kerak emas. Marselo — juda kuchli futbolchi, biz bunday o‘yinchilarga muhtojmiz. Marselo – bizga kerak futbolchi», - degandi Ronaldu.

Ma'lumot uchun, Marko bu mavsum «qirollik klubi»ning 20ta o‘yinida qatnashdi va bitta gol urib, 5ta golga assistentlik qildi. U 2019 yil boshidan buyon faqat bitta o‘yinda boshlang‘ich tarkibga kiritildi.

Top