02:02 / 09.02.2018
22796

Asensioga "Real"ning keyingi murabbiyi haqida ma'lum qilishdi

Foto: AS

FIFA agenti hamda El Chiringuito jurnalisti Xota Xordi "Real Madrid"ning keyingi bosh murabbiyi kim bo‘lishi haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi. Uning ma'lum qilishicha, madridliklar rahbariyati yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani sababi boshqa klubga o‘tmoqchi bo‘lgan Asensioga "Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Real"ni boshqarishini ma'lum qilgan. 

"Asensio "Real"da o‘zini noqulay his qilayotganini biz hammamiz bilamiz. U Zidandan yetarlicha o‘yin amaliyotini olmayapti. Marko o‘z atrofidagilarga o‘zi yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan jamoa qidirishni buyurgan. Bu gaplar "Real" rahbariyatiga yetib borgan va ular Asensioga xavotir olmaslikni, kelajakda u ishlaydigan murabbiyga unga ishonishi va o‘z loyihasida muhim o‘rin bermoqchi ekanini ta'kidlashgan. Ushbu murabbiyning ismi – Maurisio Pochettino", – deya Xordiga iqtibos keltirmoqda Don Balon. 

Avvalroq ispan OAVda "Real"ni Pochettino yoki Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Mavzuga oid
Top