Ispaniya çempionatining 24-turida «Betis» Madridning «Real» klubini qabul qildi. Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida keçgan uçraşuv 5:3 hisobida mehmonlar jamoasi foydasiga hal böldi.
Mezbonlar safida Ayssa Mandi, Serxio Leon gollarga muallif böldi, şuningdek, madridliklar jamoasi himoyaçisi Naço avtogol urdi. «Real» safida Marko Asensio dubl qayd etdi, Serxio Ramos, Kriştianu Ronaldu va Karim Benzema bittadan gol urişdi.
Asensioning ikkinçi goli madridliklar jamoasining Ispaniya Primerasi öyinlaridagi yubiley 6000-goli böldi.
Kuçli beşlikda faqat «Everton» (6961), «Arsenal» (6769), «Liverpul» (6756), «Aston Villa» (6608) va «MYu» (6430) jamoalari bu dovondan oşgan.
«Real» ayni vaqtda 45 oçko bilan Ispaniya çempionati turnir jadvalida törtinçi örinda bormoqda.












