18:53 / 12.03.2019
4624

Malayziya ham Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatdi

Foto: CC BY-SA 2.0 / pjs2005 / Boeing 737-8 MAX N8704Q

Malayziya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (CAAM) Efiopiyadagi aviahalokatdan so‘ng mamlakat hududida Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatdi, deb xabar berdi Star gazetasi.

"CAAM Malayziyadan hamda Malayziya orqali tranzit reyslarini amalga oshiradigan Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni zudlik bilan vaqtinchalik to‘xtatadi", - dedi boshqarma rahbari Ahmad Nizar Zulkafar. 

Uning qayd etishicha, mamlakatdagi hech qaysi aviakompaniya ushbu rusumdagi samolyotlardan foydalanmaydi.

Yakshanba kuni Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Addis-Abebadan Nayrobiga parvozni bajarish vaqtida Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi.

Efiopiyadagi fojiadan so‘ng Xitoy, Indoneziya, Vetnam va Singapur Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtatib turishlarini ma'lum qildi.

Top