Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Addis-Abebadan Nayrobiga parvozni bajariş  vaqtida halokatga uçragan  Boeing 737 samolyotida 157 kişi, jumladan ekipajning 8 a'zosi bölgan.

Samolyot 10 mart ertalabki soat 08:38da Bole xalqaro aeroportidan havoga kötarilgan. U bilan aloqa 08:44 da yöqolgan. Aviakompaniya boş direktori Tevolde Gebremariamning ma'lum qilişiça, uçişdan köp ötmay samolyot sardori falokat signalini berib, muammo haqida ma'lum qilgan va aeroportga qaytişni söragan. Şundan keyin samolyot bilan aloqa yöqolgan. Gebremariamning ta'kidlaşiça, ba'zi ma'lumotlarga köra, samolyotda tutunlaniş bölgan. 

Barça yölovçilar halok bölgan. Ular orasida 35 ta davlat fuqarolari bölgan, jumladan: Kanadaning 18 fuqarosi; Keniya - 32; Efiopiya – 9; Italiya – 8; Xitoy – 8; AQŞ – 8; Buyuk Britaniya – 7; Fransiya – 7; Misr – 6; Germaniya – 5; Hindiston – 4; Slovakiya – 4; Avstriya – 3; Şvetsiya – 3; Marokaş – 2; Ispaniya – 2; Isroil – 2; Polşa – 2; Belgiya, Jibuti, Serbiya, Norvegiya, Irlandiya, Indoneziya, Yaman, Uganda, Sudan, Ruanda, Somali, Togo, Mozambik, Saudiya Arabistoni, Nepal, Nigeriyadan bir kişidan.

Yana bir kişi BMT pasporti bilan bölgan, uning millati aniqlaştirilmoqda. Ekipajning barça a'zolari Efiopiya fuqarolari bölgan. ANSA axborot agentligining ma'lum qilişiça, halokatda taniqli italiyalik arxeolog, Sitsiliya oroli mahalliy ma'muriyatining madaniyat böyiça maslahatçisi Sebastyano Tuza halok bölgan. Şuningdek, fojia Slovakiya parlamenti deputati Anton Grnkning rafiqasi va öğli hayotiga zomin bölgan.