07:40 / 13.03.2019
3594

Tramp Eronga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi 1995 yilda kiritilgan sanksiyalarning amal qilishi muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.   

Vashingtonning fikricha, Eron hukumatining siyosati va xatti-harakatlari AQSh milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va xalqaro siyosatga hamon xavf soladi. 

Tramp 2018 yil 8 may kuni AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini e'lon qilgandi. Bu kelishuvga ko‘ra, Eron moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalar to‘xtatilishi evaziga yadroviy faoliyatini cheklashi kerak bo‘lgan. Sanksiyalar avtomobil tarmog‘i, sanoat korxonalari uchun kompyuter dasturlari savdosi, tabiiy qazilmalar va metallar savdosi hamda neft tarmog‘ini qamrab olgan.  

AQSh kelishuvdan chiqqach Tehronga qarshi sanksiyalarni tiklagan. Joriy yanvar va fevralda esa AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni navbatdagi marta kengaytirgan. 

Top