00:11 / 19.03.2019
4969
Kongoda poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasining Kasai viloyatida tovar poyezdi izlardan chiqib ketishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi jarohat oldi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning katta qismi poyezdga noqonuniy ravishda chiqib olgan.

AFP nashrining ma'lum qilishicha, voqea oqibatida bir necha vagon ag‘darilib ketgan, yana bir nechtasi daryoga qulagan. Qurbonlar soni oshishi mumkin.

Voqea sabablari hozirda noma'lumligicha qolmoqda.

Top