23:50 / 20.03.2019
6878
Londonda hindistonlik milliarder 2 mlrd dollarlik firibgarliklar uchun qo‘lga olindi 

Britaniya politsiyasi hindistonlik tadbirkor, 2 mlrd dollardan ko‘proq summaga firibgarlikdagi ayblov bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan Nirav Modini qo‘lga oldi. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi

Nashrning ma'lum qilishicha, Modi Interpol orderi asosida qo‘lga olingan. U sud oldida javob bera boshlaydi. 

Nirav Modi hindistonlik milliarder Mexula Choksining jiyani bo‘lib, ularning ikkisi ham Hindiston qidiruvlar markaziy byurosi tomonidan Panjob milliy banki xodimilari bilan til biriktirgani uchun qidiruvga berilgan. Tadbirkorlar milliy bankning 2 mlrd dollarlik mablag‘larini o‘zlashtirgan, so‘ngra boshqa qarindoshlari bilan birga Hindistondan qochgan.  

The Telegraph nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 48 yoshli Nodi yaqinda Londonda zargarlik biznesini boshlagan. 

Modi Hindistonni 2018 yil yanvar boshida tark etgan. Shundan keyin Hindistonning aktivlari hajmi bo‘yicha ikkinchi raqamli Punjab National Bank (PNB) davlat banki 1,77 mlrd dollar qiymatga yolg‘on tranzaksiyalar topilganini e'lon qilgan va uni Modi, uning amakisi Choksi va boshqa kompaniyalar bilan bog‘lagan. 

Bankda ta'kidlanishicha, Modi aldov yo‘li bilan bankdan 114 mlrd rupiyga (1,6 mlrd dollar) bank kafolatini olgan, shundan keyin bu kafolatlar ostida xorijda katta qiymatli kreditlar jalb qilgan. Keyinroq bu qiymat 135 mlrd rupiygacha oshgan.

Hindiston mutasaddi idoralari Modi va uning oilasiga tegishli 17 ta uy, do‘kon va ofislarda tintuv o‘tkazgan va milliardlab rupiyga brilliant, oltin, zargarlik buyumlarini musodara qilgan.  

Modi dunyoning 16 ta yirik shahrida do‘konlari bo‘lgan Nirav Modi brendiga va yillik tushumi 2,3 mlrd dollarni tashkil qilgan Firestar Diamond zargarlik kompaniyasiga asos solgan. U Forbes nashriga ko‘ra, hindistonlik milliarderlar ro‘yxatida 85-o‘rinni egallagan, biroq unga ayblov qo‘yilgandan keyin u haqidagi ma'lumotlar yangilanmay qo‘ygan.

Top