13:12 / 22.03.2019
12084
Eron Trampning so‘zlari to‘qnashuvlar keltirib chiqarishi mumkinligidan tashvishlanmoqda
Foto: Brian Ciancio / ZUMAPRESS.com / Globallookpress

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Bahrom Qosimiy AQSh prezidenti Donald Trampning Golan tepaliklari Isroilga tegishli ekanini tan olish zarurligi to‘g‘risidagi bayonoti fonida bu «yangi to‘qnashuvlar»ga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning ta'kidlashicha, Tehron Golan tepaliklari Isroilga tegishli ekanini tan olish zarurligi haqidagi Trampning bayonotini qoralaydi.

«Sionistik tuzum okkupatsion rejim sifatida birorta arab va islomiy hududlar ustidan suverenitetga ega emas. Bu rejim tomonidan tajovuzkorlik hamda okkupatsiyani tezda tugatish kerak», - deyiladi Qosimiyning xabarida.

Eron Tashqi ishlar vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, Tehron barcha o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib boradi va Suriya hukumati hamda boshqa davlatlar bilan maslahatlashuvlar yakuni bo‘yicha o‘z siyosiy yo‘nalishini aniqlashtiradi.

Bundan oldin, Donald Tramp AQSh uchun Isroilning Golan tepaliklari ustidan suverenitetini tan olish vaqti kelganligini bildirgandi.

Top