Fan-texnika | 08:52 / 25.03.2019
55811
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram’da yozishmani to‘liq o‘chirish imkoni paydo bo‘ldi

Foto: Kirill Kallinikov / RIA Novosti

Telegram messenjeri foydalanuvchilari endi xususiy suhbatlarda ham o‘zlarida, ham suhbatdoshlarida barcha xabarlarni o‘chira oladilar. Bu haqda messenjer ishlab chiquvchisi Pavel Durov ma'lum qildi.

Endi foydalanuvchilar suhbatlarda jo‘natilgan barcha xabarlarni o‘chirish imkoniga ega bo‘ldilar.
 
“Xabarni kim, qachon jo‘natgani ahamiyatga ega emas – siz uni to‘liq nazorat qila olasiz. Agar istasangiz, ikkala tomondan ham butun suhbatni o‘chira olasiz”, deb yozgan Durov.

Avval foydalanuvchilar oxirgi 48 soat davomida jo‘natilgan xabarlarnigina o‘chira olishgan. Endi bu cheklovlar bekor qilindi. Bundan tashqari, Telegram maxfiy chatlar deb ataluvchi chatlarni to‘liq o‘chirishga ruxsat beradi. 

Shuningdek, messenjerda maxfiylik imkoniyatlari kengaytirildi – endi foydalanuvchilar o‘z xabarlari uchinchi kishilarga jo‘natilishi holatida ismlari va suratlarini yashira oladilar.

Durovning fikricha, yangi imkoniyatlar foydalanuvchilarga o‘z ma'lumotlari ustidan samarali nazoratni o‘rnatishni ta'minlaydi. Uning ta'kidlashicha, eski yozishmalar uning muallifiga qarshi o‘nlab yillar keyin qarshi qo‘llanishi mumkin edi, chunki ma'lumotlar suhbatdosh tomonida saqlanib qolardi va unga ta'sir qilib bo‘lmasdi.

Shuningdek, Telegram jamoasida ba'zi foydalanuvchilar xabarlarni o‘chirish imkoniyatini suiiste'mol qila boshlashlari mumkinligini anglashlari, biroq maxfiylik va ma'lumotlar nazorati ahamiyatliroq ekani ta'kidlab o‘tilgan.   

Mavzuga oid