21:27 / 26.03.2019
11886
Huawei flagman smartfonlarini taqdim etdi
Foto: AFP 2019 / Eric Piermont

Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘zining flagman smartfonlari - P30 turkumini taqdim etdi, qurilmalar bugundan sotuvga chiqadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Kompaniya Huawei P30 (ekran diagonali 6,1 dyuym) va Huawei P30 Pro (ekran diagonali 6,47 dyuym) smartfonlarini namoyish etdi.

Huawei P30 128 Gb smarftonining tavsiya qilingan chakana narxi 799 yevroni tashkil etadi. Huawei P30 Pro 128 GB - 999 yevro, 256 GB - 1099 yevro va 512 GB - 1249 yevro turadi.  

Namoyish etilgan modellar ekranga joylashtirilgan barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Kichik model uchta - 40+16+8 Mp, katta model esa to‘rtta - 40+20+8 Mp va ToF kamerasi bilan jihozlangan.

Top