09:04 / 30.03.2019
12016

«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning Farg‘ona vodiysidagi yangi loyihasi haqida ma'lumot berildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Farg‘ona vodiysida «Andijon – Savay – Xonobod temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish va shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar harakatini tashkil etish» yangi loyihasi amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi AJ axborot xizmati.

Mazkur bunyodkorlikning bosh loyihasi «Toshtemiryo‘lloyiha» mas'uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, bu yerda 520 ming kub metr tuproq ishlari bajariladi. Shuningdek, 45 ta sun'iy inshoot (1 ta temir yo‘l ko‘prigi)ni qurish rejalashtirilgan. Mavjud 53,2 km. temir yo‘llar ta'mirlanib, 10,2 kilometr masofada yangi po‘lat izlar yotqiziladi. Loyihada, jami 7 ta avtomobil va temir yo‘l kesishmasini bunyod etish ham ko‘zda tutilgan.

Hozirda bu yerda «Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l stansiyasi» ishchi-xodimlari qurilish-montaj ishlarini olib borishmoqda. Shu kungacha temiryo‘lchilar 477 ming kub metr tuproq ishlarini amalga oshirishdi. 11 ta sun'iy inshoot qurib bitkazildi. Joriy yil loyiha hayotga tatbiq etilib, shaharlararo zamonaviy poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top