13:53 / 02.04.2019
2756
Aksiya davom etmoqda: «Kitob mening taqdirimda»

Qibray tumanidagi Chingeldi maishiy xizmat kasb-hunar kollejida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning  "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Qibray tuman hokimligi va sektor rahbarlari tashabbusi bilan tashkil etilgan "Kitob mening taqdirimda" nomli kitob yarmarkasidir. Yarmarka davomida tumandagi 48 ta maktab va kasb-hunar kollejlaridan jami 400 nafar o‘quvchi va talabalar qatnashdilar.

Mazkur yarmarkada o‘quvchi va o‘qituvchilar ota-onalari bilan birgalikda faol ishtirok etib, o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli xildagi kitoblarni xarid qilishdi. Kollej tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ularning badiiy asarlarni qay darajada bilishlarini sinash uchun ham tanlovlar o‘tkazildi, g‘oliblar kitoblar bilan taqdirlandilar.

Kitob yarmarkasidan so‘ng sektor rahbarlari tumandagi 14, 19 va 38 maktablardagi o‘quvchilarga o‘zlarining shaxsiy kutubxonalaridagi kitoblardan  maktablarning kutubxonalariga  sovg‘a qilishdi.

Aytib o‘tish joizki,tumanda  ommaviy tus olgan bunday  kitob bayramlari har yili o‘tkazib kelinmoqda va bunda Qibray tuman hokimligi hamda  sektor rahbarlari faol ishtirok etishmoqda.

Top