11 avgust kuni soat 15:00 atrofida Toşkent viloyati Qibray tumanida Spark avtomaşinasi avtohalokatga uçradi. Toşkent viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot xizmati hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.
Tumani hududidan ötgan 4R6 Toşkent-Çirçiq-Çimyon avtomobil yölining 10-kilometrida 18 yoşli haydovçi M.Z. (haydovçilik guvohnomasiga ega emas) boşqaruvida onasiga tegişli Spark maşinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida yöl çetidagi daraxtga urilgan.
Bunga haydovçi yölning xavfli buriliş qismida (ogohlantiruvçi yöl belgilari mavjud) rul boşqaruvini yöqotişi sabab bölgan.
Oqibatda haydovçi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Avtomobilning old örindiğida bölgan yana bir 18 yoşli yölovçi tuman markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.












