19:53 / 03.04.2019
6977

Eriell O‘zbekistonda uglevodorod xomashyo qazib chiqarish ko‘rsatkichini oshirishga erishdi

Eriell xalqaro neft servisi kompaniyasi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Uglevodorod xomashyo qazib chiqarishni oshirishga doir ishlarni amalga oshirish dasturi bo‘yicha majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarishda davom etmoqda.  Kompaniya imzolangan shartnomalarga muvofiq mamlakat hududida burg‘ilash va qazish ishlarini amalga oshirmoqda.

Innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda yangi manbalarda tabiiy gaz oqimini oshirishga erishildi. Nefservis bo‘yicha yetakchi kompaniyalar ushbu jarayonga jalb qilindi, PerfoMax turidagi yuvish suyuqliklari tizimi sifatida o‘zini juda yaxshi namoyon qilgan General Electric Oil&Gas shular jumlasidandir.

Bugungi kunga kelib 630 mingdan ortiq metr tosh jinslari burg‘ilandi, 203ta quduqda burg‘ilash ishlari yakunlandi, bu O‘zbekistonda kerakli uglevodorodlar qazib olishni davom ettirish va oshirish imkonini beradi.

Burg‘ilash ishlari Eriell’ning 48 burg‘ulash uskunasi hamda uning subpudrat tashkilotlari tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, 144 nafar xorijiy supervayzer-mutaxassis va muhandislar hamda 120 ta og‘ir texnika va avtotexnika jarayonga jalb etilgan.  

Qazilmalarni oshirishga doir dasturning asosiy vazifalaridan biri Eriell subpudratchi tashkilotlaridan biri – ushbu loyihada “O‘zburneftgaz”ni - texnik jihozlash va burg‘ilash uskunalarini modernizatsiyalashdir. Buning natijasida burg‘ilash tezligi sezilarli darajada oshdi va sifat ko‘rsatkichlari yaxshilandi.

Ayni damda loyihada Schlumberger, Weatheford va Halliburton xalqaro servis kompaniyalari bilan qo‘shma faoliyat bo‘yicha bitim imzolashga doir kelishuvga erishildi.

Top