O‘zbekiston | 13:53 / 27.05.2020
3419
7 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish dasturining 2-bosqichi amalga oshiriladi

2017–2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish Dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “2017–2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni ko‘paytirish Dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3373-son “2017-2021 yillarda uglevodorodlar xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqilgan dasturning birinchi bosqichi biznes-rejasining asosiy ko‘rsatkichlari tasdiqlandi;

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan dasturni amalga oshirishning ikkinchi bosqichi uchun biznes-reja ishlab chiqish va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish rejalashtirilmoqda;

b) dasturning birinchi bosqichining (2017-2019 yillar) mavjud natijalari asosida dasturning ikkinchi bosqichining chora-tadbirlari, 2020-2021 yillar davrida o‘z ichiga 185 qazib chiqarish quduqlarini qurish, 172 quduqlarni kapital ta'mirlash, 7 kuchaytiruvchi kompressor stansiyalarni qurish ishlarini oluvchi biznes-rejani ishlab chiqqan holda, tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi PQ-2822 son “2017–2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda Dastur parametrlariga aniqliklar va tuzatishlar kiritish huquqi berildi;

g) dastur doirasida “Natural Gas-Stream” QK MChJ va “Eriell Oilfield Services Middle East DMC” (BAA) bilan “tayyor holda topshirish” shartlari asosida “O‘zbekneftgaz” AJga tegishli bo‘lgan 254 ta gaz va 168 ta neft qazib chiqarish quduqlarini qurish va jihozlash to‘g‘risida (“uch tomonlama shartnoma”) shartnoma tuzildi.

Dasturni amalga oshirishning ikkinchi bosqichi bo‘yicha biznes-rejaning asosiy ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJning tabiiy gazni qazib chiqarish hajmini oshirish maqsadida “Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida uch tomonlama shartnomada ko‘zda tutilgan ishlarni optimallashtirish hisobiga yangi kuchaytiruvchi kompressor stansiyalar va gaz quvurlarini qurish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma tuzish taklifiga rozilik beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi uch tomonlama shartnomaga tuzilayotgan qo‘shimcha shartnomani “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda ekspertizadan o‘tkazishni ta'minlaydi.

“O‘zbekneftgaz” AJ:

Dasturning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun kredit mablag‘larini jalb qilish maqsadida bir oy ichida potensial xorijiy kreditorlar bilan tegishli muzokaralar o‘tkaziladi.

muzokaralar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kreditlash shartlari, “O‘zbekneftgaz” AJning majburiyatlari bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatini berilishi, shuningdek mablag‘larni jalb qilishga tegishli savollar bo‘yicha takliflar kiritadi;

istisno tariqasida, Dastur doirasida faoliyatni amalga oshirish maqsadida uch tomonlama shartnomalar bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun komissiya agenti vazifasini bajaruvchi “Natural Gas-Stream” QK MChJ chet el valutasida to‘lovlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga, zarur hollarda, har bir tadbirning rentabelligini baholash, xarajatlarni optimallashtirish va qazib chiqarish hajmini oshirish maqsadida jalb qilingan chet ellik ekspertning xulosasiga binoan Dasturning biznes-rejasiga o‘zgartirishlar kiritish ruxsat beriladi.

2017-2021 yillarda uglevodorod qazib qazib chiqarishni ko‘paytirish dasturining ikkinchi bosqichi uchun biznes-rejaning asosiy ko‘rsatkichlari 

№ p/p

Ko‘rsatkich nomi

O‘lchov
birligi

Jami

shu jumlaan:

o‘z mablag‘lari

kreditlar

1

Loyihaning umumiy qiymati

ekv. mln.AQSh.doll.

1 306,80

306,80

1 000,00

2

Kapital qo‘yilmalarning maksimal miqdori, jami

ekv. mln.AQSh.doll.

1 306,80

306,80

1 000,00

 

shu jumladan:

 

 

 

 

2.1

mashina va uskunalar

ekv. mln.AQSh.doll.

291,90

68,53

223,37

 

chet yel valutasida

ekv. mln.AQSh.doll.

223,37

-

223,37

 

milliy valutada

ekv. mln.AQSh.doll.

68,53

68,53

-

2.2

qurilish-montaj ishlari

ekv. mln.AQSh.doll.

349,73

82,11

267,62

 

chet yel valutasida

ekv. mln.AQSh.doll.

267,62

-

267,62

 

milliy valutada

ekv. mln.AQSh.doll.

82,11

82,11

-

2.3

quduq burg‘ilash

ekv. mln.AQSh.doll.

556,28

113,08

443,20

 

chet yel valutasida

ekv. mln.AQSh.doll.

443,20

-

443,20

 

milliy valutada

ekv. mln.AQSh.doll.

113,08

113,08

-

2.4

quduqlarni kapital tamirlash

ekv. mln.AQSh.doll.

86,00

20,19

65,81

 

chet yel valutasida

ekv. mln.AQSh.doll.

65,81

-

65,81

 

milliy valutada

ekv. mln.AQSh.doll.

20,19

20,19

-

2.5

boshqa xarajatlar

ekv. mln.AQSh.doll.

22,89

22,89

-

 

chet yel valutasida

ekv. mln.AQSh.doll.

-

-

-

 

milliy valutada

ekv. mln.AQSh.doll.

22,89

22,89

-

3

Korxonaning quvvati, shu jumladan

2020-2030 yy. mobaynida gazning o‘sish xajmi -  104 059,2 mln.m3
2020-2030 yy. mobaynida gaz kondensatning o‘sish hajmi -  1 502,2 ming tonna

4

Xodimlarning taxminiy soni

643 ta

5

2020-2030 yy. mobaynida gaz va gaz kondensati ishlab chiqarish o‘sishiga asoslangan loyiha chiqimlarning taxminiy qoplash muddati

9 yil

6

2020-2030 yy. mobaynida  loyihaning umumiy gaz va gaz kondensati ishlab chiqarishdan taxminiy qoplash muddati

2 yil

7

Investitsiya davrining davomiyligi

2020-2021 yy.

8

Kredit muddati va boshqa qarz mablag‘lari

10 yil

 

Eslatma. Shartnomalar tuzilgandan so‘ng, kreditlarni jalb qilish shartlarini aniqlash va boshqalar aniqlashtirilgandan so‘ng dasturning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja parametrlarini aniqlashtirish va ularga tegishli o‘zgartirish kiritish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid