14:57 / 10.04.2019
20853

Saxalinda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

55 yoshli ishchi, O‘zbekiston fuqarosi, 10 aprel kuni Janubiy-Saxalinskdagi suv kompleksiga ega mehmonxona qurilish maydonchasida halok bo‘ldi. Voqea haqida ma'lumot RF Tergov qo‘mitasining Saxalin oblasti bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

10 aprel kuni RF Tergov qo‘mitasining Saxalin oblasti bo‘yicha tergov boshqarmasi Janubiy-Saxalinsk bo‘limiga suv kompleksi qurilish maydonchasida ishchi lift shaxtasiga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan. U o‘ta og‘ir jarohatlar olib, hayotdan ko‘z yumgan.

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning 55 yoshli fuqarosi ish joyida (qurilayotgan kompleksning to‘rtinchi qavatida) bo‘lgani va lift shaxtasiga tushib ketgani aniqlandi. Erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Hozir hodisa sabablarini aniqlashga qaratilgan tekshiruv tadbirlari olib borilyapti.

Ularning natijalari asosida qurilish kompaniyasining mas'ul shaxslari harakatiga mehnat muhofazasi talablari buzilishi bo‘yicha baho beriladi.

Bundan oldin, O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi Chechenistonda qullikdan ozod etilgandi.

Mavzu
Migrantlar fojiasi
Xorijda mehnat qiluvchi o‘zbekistonliklar turli baxsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lishi holatlari davom etmoqda
Barchasi
Mavzuga oid
Top