Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi Chechenistonda qullikdan ozod etildi
Chechenistonga ishlash uchun kelgan O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi mahalliy aholi vakillaridan biri tomonidan qullikda saqlangan. U o‘zbekistonliklarni Proletarskiy qishlog‘i yaqinidagi (Grozniy aeroportidan 15 km) fermada ushlab turgan.
O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi chechenistonlik fermer qulligida joriy yilning yanvar oyidan bo‘lgan, yana to‘rt nafari - mart o‘rtalaridan boshlab, deya xabar berdi «Kavkaz.Realii»ga «Alternativa» tashkilotining qullik muammolari bilan ishlovchi xodimi Aleksey Nikitin.
Barcha migrantlarning hujjatlari olib qo‘yilgan, ularni og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlashgan, deya ma'lum qildi Nikitin asirlarning qarindoshlariga tayangan holda.
Ikki o‘zbek - avvalroq kelganlar - kasallikka chalingan, ammo ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.
«Qarindoshlarning so‘ziga ko‘ra, fermer muntazam ravishda o‘z ishchilarini kaltaklagan va qochishga urinishsa, ularni o‘ldirishi bilan qo‘rqitgan», - dedi suhbatdosh. Ish haqi haqida gap ham bo‘lmagan, odamlar bepul ishlashgan va kam ovqatlanishgan.
Kuni kecha bu haqdagi ma'lumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
«Kecha fermer ularga pasportlarni qaytarib berdi va taksida Krasnodarga jo‘natib yubordi. Aftidan, u bu ish oshkor bo‘lganini sezib qolgan va ularni uzoqroqqa ketkazib yuborishga qaror qilgan. Pullarini bermagan. Qarindoshlari ularga yo‘l uchun pul yuborishdi, ertaga vatanlariga qaytib ketishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Nikitin.
Mavzuga oid
14:53 / 12.11.2025
Yerevanda chechen qizning o‘ldirilishi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:35 / 23.10.2025
Grozniyda g‘alati tadbir: Daudov Qodirovning o‘rnini egallaydimi?
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025