08:42 / 11.04.2019
8194
O‘zbekistonda barcha kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 9-13 aprel kunlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hududida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev rahbarligida barcha kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘quvlarda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va boshqa bo‘linmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi kuch va vositalari, shuningdek, mahalliy hokimiyat hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari jalb qilindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashg‘ulotlar kecha, 9 aprel kuni qo‘shinlar va boshqaruv organlarini yuqori jangovar shaylikka keltirish bilan boshlandi. Hozirda bo‘linmalar jangovar o‘quv vazifalarni bajarish hududiga olib chiqildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘quvlar Sharqiy harbiy okrugining barcha poligonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Unda kuch tuzilmalarining tegishli bo‘linmalari zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlarni amaliy bajarish masalalari ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi xabarda.

Top