Özbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor «Texnofest-2024» mudofaa sanoati körgazmasini ötkazadi. Tadbir 2, 3 va 4 may kunlari Toşkentdagi Ğalaba boği majmuasida bölib ötadi.
Körgazmada zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya va kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga möljallangan (harbiy va fuqarolik) işlab çiqaruvçi zavod, korxona va taşkilotlar özlarining mahsulotlari bilan iştirok etişi közda tutilgan.
Taqdimotda tanlab olingan eng yaxşi mahsulot korxonasi istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, «Texnofest-2024» doirasida iştirokçilar örtasida robototexnika, modellaştiriş texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar ötkaziladi. Ğoliblar Mudofaa vazirligi hamda hamkor taşkilotlar tomonidan taqdirlanadi.













