Ötgan yilda global miqyosidagi umumiy mudofaa xarajatlari 2 trillion dollardan oşib ketgan. Bu haqda Amerikaning Forecast International mudofaa texnologiyalari konsalting kompaniyasi hisobotida keltirib ötilgan.
Qayd etilişiça, 2023 yilda harbiy xarajatlar 10,4 foizga oşib, 2,12 trillion dollarga yetgan. Bunga asosiy sabablar sifatida Ukraina va Ğazo sektoridagi mojarolar, şuningdek, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatning keskinlaşuvi keltirib ötilgan.
Mudofaa xarajatlarining qariyb yarmi NATO davlatlari hissasiga töğri kelgan.
Bundan taşqari, ekspertlar 2030 yilgaça mudofaa xarajatlari yanada oşişi mumkinligini prognoz qilişmoqda.

Avvalroq, Özbekistonda ham mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 2023 yilda 3,2 trillion sömga oşirilgani xabar qilingandi.












