8458.16 USD +9.27

9501.05 EUR +38.29

129.74 RUB -0.07

10994.8 GBP -133.27

13:40 / 20.04.2019 30779

O‘zbekistonlik diplomatlar Qozog‘iston cho‘lida topilgan skelet yuzasidan surishtiruv ishlari olib borishmoqda

O‘zbekistonning Qozon shahridagi konsulxonasi Rossiya hukumatiga shu yil qishida ushbu mamlakatga chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan vaqtida muzlab halok bo‘lgan shaxs haqida ma'lumot so‘rab murojaat qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

«OAVdagi xabarlarga ko‘ra Rossiyaning Orenburg oblasti Oqbuloq qishlog‘i atrofida inson qoldiqlari topilgan. Yonidagi hujjatlar va telefonga ko‘ra jasad O‘zbekiston fuqarosiniki bo‘lishi mumkin. U qishda Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegarani piyoda kesib o‘tayotganda muzlab qolgan deya taxmin qilinmoqda.

Mamlakatimizning Qozon shahridagi konsulxonasi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy tasdiqlangan ma'lumot olish va zarur masalalarda yordam ko‘rsatish uchun mahalliy hukumat organlari bilan aloqa o‘rnatgan», deyiladi xabarda.

Shu haftada Rossiyadagi nashrlar Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi chegarada inson skeleti topilgani, uning yonida O‘zbekistonning 22 yoshli fuqarosi Sardor Norboyev nomiga berilgan pasport bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.

Bunday ismli yigit qish faslida bedarak yo‘qolgan. 2019 yil 22 fevral kuni «Aqto‘be e'lonlari» sahifasida uning rafiqasi Kseniya Norboyeva erini topishda yordam so‘rab e'lon joylashtirgandi.

Taxminlarga ko‘ra, yigit Qozog‘istondan Rossiya Federatsiyasiga chegarani noqonuniy kesib o‘tishga harakat qilgan, biroq, faqat Orenburg oblastining Oqbuloq qishlog‘iga yaqin maydongacha kelgan va shu yerda muzlab qolgan.

Top