21:10 / 22.04.2019
9016
«Forish» poligonida O‘zbekiston-Pokiston-Turkiya hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi o‘tkazildi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 22 aprel kuni “Forish” poligonida “Hamdo‘stlik qalqoni—2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Pokiston va Turkiyaning O‘zbekistondagi harbiy attashelari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Hamdo‘stlik qalqoni—2019” o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi o‘quv mashqlarida harbiy xizmatchilar jahonda va mintaqada keskin o‘zgarib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, milliy va global xavfsizlik sohasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatar hamda tahdidlarga qarshi kurashishning eng ma'qul usul va uslublarini qo‘llash borasida o‘zaro tajriba almashadilar.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Osiyoning eng ilg‘or armiyalardan biri hisoblanuvchi O‘zbekiston armiyasi bilan tajriba almashish, biz uchun muhim ahamiyatga ega. O‘ylaymanki, bir necha kun davom etadigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quvlar uchala tomon uchun ham birdek manfaatli bo‘ladi”, — deydi Pokiston maxsus bo‘linmasi komandiri Salmon Tariq. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi ushbu mashg‘ulotlar 27 aprelga qadar davom etadi. 

Ochilish marosimi yakunlangach, mehmonlar poligonda ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni saqlash bo‘yicha yaratilgan ko‘rgazmali vositalar bilan tanishdi. 

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning oktabr oyida “Forish” poligonida Rossiya va O‘zbekiston mudofaa idoralari tog‘-o‘qchi bo‘linmalarining hamda 2018 yilning iyul oyida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar bilan qozog‘istonlik hamkasblari o‘rtasida hamkorlikdagi mashg‘ulotlari o‘tkazilgan edi. 

«Forish» poligonida O‘zbekiston-Pokiston-Turkiya hamkorligidagi o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi o‘tkazildi

 

Top