22 avgust kuni bölib ötgan oçiliş marosimida Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov tanlovni oçiq deb e'lon qildi va iştirokçilarga omad tiladi.
Marosimda, şuningdek, Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanov, Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyev ham iştirokçi davlatlar jamoalariga muvafaqqiyatlar tiladi.
Ma'lum qilinişiça, bu yilgi “ArMI–2021” öyinlari 31 yönalişda 11 ta davlat hududida bölib ötmoqda. Özbekistonlik harbiylar musobaqaning 24 ta yönalişida bahslarga kirişgan.
Xalqaro armiya öyinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” hamda “Dala oşxonasi” musobaqalari Özbekiston hududida, Jizzax viloyatida joylaşgan Markaziy harbiy okrugning “Foriş” toğ poligonida bölib ötmoqda.
“Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasida jami 8 davlat – Özbekiston, Xitoy, Rossiya, Belarus, Vetnam, Myanma, Falastin, Tojikiston vakillari qatnaşmoqda.
“Dala oşxonasi” musobaqasida esa 5 davlat – Özbekiston, Vetnam, Rossiya, Belarus va Tojikiston jamoalari iştirok etmoqda.
Ikki yönalişdagi ğolib jamoalar uçun sovğa sifatida ikkita “Gentra” avtomobili tayyorlab qöyilgan.
Poligonga taşrif buyurgan mehmonlar uçun “Dala oşxonasi” tanlovida iştirok etayotgan xorijiy davlatlar jamoalari tomonidan öz milliy taomlarini tayyorlaş böyiça mahorat darslari namoyiş qilindi.




































