18:19 / 27.04.2019
5726

Tibbiyot uskunalarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Samarqand xalqaro aeroporti bojxonachilari tibbiyotda foydalaniladigan uskunalarni bojxona chegaralaridan yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga urinishni fosh etishdi.

Xorijdan uchib kelgan fuqaro B.X. “qizil” yo‘lak orqali harakatlanar ekan, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida, ushbu fuqaroning yuklari orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan umumiy bahosi 18 million so‘mlik tibbiyotda ishlatiladigan uskuna va dori vositalari borligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud jarayonida, fuqaro B.X.ga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 191-sonli qaroriga ko‘ra dori vositalari va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga tegishli ruxsatnoma asosida olib kirishga ruxsat berilgan.

Top