08:26 / 28.04.2019
27359

“Qasoskorlar: Final” filmi dunyo prokatida rekord o‘rnatdi

Foto: Marvel

Marvel studiyasining fantastik superqahramonlar haqidagi “Qasoskorlar” filmlari seriyasining so‘nggi qismi – “Qasoskorlar: Final” ekranlarga chiqarilganining ilk kunlari dunyo bo‘ylab 644 mln dollar yig‘di va seriyaning avvalgi qismi – “Qasoskorlar: Cheksizlik urushi” o‘rnatgan rekordni yangiladi.

Ta'kidlanishicha, 24 aprelda namoyish qilina boshlagan yangi film bu natijaga 27 aprel kechga yaqin erishgan.  Avvalgi qism namoyishining ilk uik-endi 641 mln dollar yig‘gandi. Shu tariqa, “Qasoskorlar: Final”da o‘z natijasini yanada yaxshilash uchun yana bir kun vaqt bor.

Marvel’ga egalik qiluvchi Disney kompaniyasining ta'kidlashicha, filmning AQShdagi yig‘imlari ham rekord qiymatda bo‘lishi va hafta oxiriga 310-340 mln dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Hozircha bu borada ilk hafta 258 mln dollar yig‘a olgan filmning avvalgi qismi yetakchilik qilmoqda.

Filmning dunyo bo‘ylab namoyishi 24 aprelda boshlandi, AQShda esa 26 apreldan ekranlarga chiqarildi.

 

Mavzuga oid
Top