16:23 / 29.04.2019
4897

Burkina-Fasoda jangarilarning cherkovga hujum qilishi natijasida olti kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP 2019 / Ahmed Ouoba

Burkina-Fasodagi Saxel oblastidagi cherkovga noma'lum shaxslarning hujumi natijasida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Infowacat portali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bir guruh qurollangan kishilar Silgaji shahridagi cherkovga bostirib kirgan va o‘qotar qurollardan o‘t ochishgan.

Natijada ikki nafar cherkov xizmatchisi va yana to‘rt kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, hujum qilganlar bir necha kishini o‘g‘irlab ketishgan.

Juma kuni Burkina-Faso sharqida jangarilar hujumi oqibatida besh nafar o‘qituvchi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top