Fransiya «hujumga favqulodda shaylik holatiga» o‘tdi
Fransiya shu paytgacha «kuchli xavfsizlik – hujum xavfi» darajasida edi, bu - terrorchilik tahdidiga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishdir.

Foto: Picture Alliance
Fransiyada 13 oktyabr, juma kuni kechqurun hukumat qarori bilan Vigipirate terrorizmga qarshi tayyorgarlik rejasi «hujumga favqulodda shaylik» darajasiga ko‘tarildi.
Fransiyaning France Internationale (RFI) mediakompaniyasi tushuntirishicha, bu chora Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasida davom etayotgan harbiy mojaro fonida va yosh yigitning Arrasda Gambetta litseyi xodimlariga pichoq bilan hujum qilganidan keyin qabul qilingan. Hujumda bir o‘qituvchi halok bo‘ldi va yana ikki kishi yaralandi.
Fransiya bosh vaziri Elizabet Born qarorni e’lon qilishdan avval Yelisey saroyida mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ishtirokida xavfsizlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Vigipirate rejasining «hujumga favqulodda shaylik» darajasi teraktdan so‘ng yoki aniqlangan terroristik guruh faol bo‘lganda darhol faollashishi mumkin, deb tushuntiradi RFI.
Jamoat joylari xavfsizligi ustidan nazorat kuchaytirildi
Fransiya xavfsizlik kuchlarining bunday tayyorgarligi nafaqat resurslarni safarbar qilish, balki inqirozli vaziyatda fuqarolarni himoya qila oladigan axborotni tarqatish imkonini ham beradi, dedi mamlakat IIV rahbari Jyerald Darmanen. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi «yana bir necha ming kishi (jamoat joylarini terrorizm tahdididan himoya qilish bo‘yicha Sentinelle operatsiyasida ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar orasidan) politsiya va jandarmeriyaga savdo markazlarini nazorat qilish va aholini himoya qilishda yordam berish uchun safarbar etiladi».
TF1 telekanalida chiqish qilgan Darmanen, shuningdek, Arrasdagi pichoqli hujum bilan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik o‘rtasidagi «shubhasiz» aloqaga e’tibor qaratdi. «Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, afsuski, Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar bilan aloqasi bor», - dedi vazir.
Fransiya shu paytgacha «kuchli xavfsizlik – hujum xavfi» darajasida edi, bu - terrorchilik tahdidiga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishdir.
Arrasdagi litsey xodimlariga pichoq bilan hujum
Rfi rus tilidagi nashri fransuz OAVga tayanib yozishicha, Arrasdagi litsey xodimlariga pichoq bilan hujum uch yil avval Gambetta litseyida tahsil olgan 20 yoshli Rossiya fuqarosi Muhammad Mogushkov tomonidan amalga oshirilgan. Ta’kidlanishicha, u fransuz politsiyasiga yaxshi tanish edi. Hujum arafasida u tekshiruv uchun to‘xtatilgan, ammo Mogushkovni qo‘lga olish uchun asos topilmagan.
Le Monde gazetasining yozishicha, Mogushkov Fransiya razvedka xizmatlari FSPRT ro‘yxatida bo‘lgan, bu ro‘yxatga radikallashishda gumon qilinganlar kiradi. Mogushkovning akasi 2019 yilda 17 yoshida Strasburgda qo‘lga olingan, deb yozadi nashr. U politsiya xodimlarini o‘ldirishni rejalashtirgan IShID tashkiloti tarafdorlari bo‘lgan beshta yacheykaning bir qismi bo‘lgan.
Le Monde'ning Ichki ishlar vazirligidagi manbasiga ko‘ra, u Rossiya fuqaroligiga ega, 2003 yilda Rossiyada tug‘ilgan va 2008 yilda Fransiyaga ko‘chib o‘tgan.
Ayni paytda, Chechenlar assambleyasining Yevropadagi vakili Shamil Albakov RFI'ga bergan izohida Mogushkov chechenistonlik emas, balki Ingushetiyadan ekanini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
Jahon | 11:08
-
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
Jamiyat | 10:49
-
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi
Jahon | 10:30
-
Mbappe «Real»dagi ilk qizilini oldi, Saloh rekord qo‘yishda davom etmoqda. Kun o‘yinlari
Sport | 10:27
Mavzuga oid

08:30 / 07.04.2025
Britaniya va Fransiya «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» mudofaa vazirlarini yig‘moqda

17:42 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva Parijda «Xudoybergan Devonov merosi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

07:54 / 02.04.2025
Fransiyada ultrao‘ng siyosatchilar ommaviy norozilik namoyishlar o‘tkazmoqchi

21:07 / 01.04.2025