Jahon | 11:59 / 06.09.2023
4058
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada yuz bergan qurolli hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Noma’lum shaxslar 12 kishini o‘g‘irlab ketgan. 

Foto: Reuters

Nigeriya shimolidagi Katsina shtatida uyushtirilgan qurolli hujum natijasida 7 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi, yana 12 kishi o‘g‘irlab ketildi

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, voqea Doka tumani hududida sodir bo‘lgan. 

Jinoyatchilar shaxs hozircha aniqlanmagan. 

Xabar qilinishicha, hujum qurbonlari orasida bir ayol ham bor. 

Nigeriyaning shimoliy hududlari qurolli jinoiy guruhlar faoliyati kengayishi tufayli katta xavfsizlik inqiroziga duch kelmoqda. Jangarilar ko‘plab jinoyatlarda, jumladan, to‘lov evaziga odam o‘g‘irlash, talonchilik va qotilliklarda ishtirok etadi. 

Mavzuga oid