12:31 / 29.04.2019
25782
«Oltin butsa» uchun asosiy da'vogar ikki futbolchi. Qolganlar ortda qolishmoqda
Foto: Anatoliy Cherkasov/NurPhoto via Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Yevropaning eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan «Oltin butsa» uchun kurashda yetakchiligini mustahkamladi.

Argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatining 35-turida «Levante»ga gol urish orqali gollari sonini 34taga yetkazdi. Uning eng yaqin ta'qibchisi, «PSJ» forvardi Kilian Mbappe esa undan 4ta to‘p farqi bilan ortda qola boshladi.

«Oltin butsa» uchun da'vogarlarning Top-11’ligi:

1. Lionel Messi («Barselona»): 34 gol (chempionat koeffitsiyenti x2,0) / 68 ochko

2. Kilian Mbappe («PSJ»): 30 gol (x2,0) / 60 ochko

3. Fabio Kualyarella («Sampdoriya»): 23 gol (x2,0) / 46 ochko

4-11. Mbayye Dyan («Galatasaroy»): 28 gol (x1,5) / 42 ochko

4-11. Lyuk de Yong (PSV): 28 gol (x1,5) / 42 ochko

4-11. Luis Suares («Barselona»): 21 gol (x2,0) / 42 ochko

4-11. Kshishtof Pyontek («Milan»): 21 gol (x2,0) / 42 ochko

4-11. Robert Levandovski («Bavariya»): 21 gol (x2,0) / 42 ochko

4-11. Karim Benzema («Real»): 21 gol (x2,0) / 42 ochko

4-11. Duvan Sapata («Atalanta»): 21 gol (x2,0) / 42 ochko

4-11. Muhammad Saloh («Liverpul»): 21 gol (x2,0) / 42 ochko

Top