Angliya: «Arsenal» «Tottenhem»dan o‘zib ketdi

«Vulverhempton» — «Tottenhem» 2:1
Gollar: Sarabiya (90+1), Lemina (90+7) — Jonson (3).
«Vulverhempton» – Sa, Semedu (Doerti, 67), Douson, Kilmen, Gomesh, Ait-Nuri (Doyl, 87), Lemina, Bellgard (Kalayjich, 73), Gomes (Sarabiya, 87), Hvang Hi Chan, Kunya.
«Tottenhem» – Vikario, Porro, Dayyer, Devis, Emerson, Hyoyberg, Bissuma (Lo Chelso, 76), Sarr (Bentankur, 63), Kulusevski, Son, Jonson (Hil, 75).
Ogohlantirishlar: Emerson (45), Bissuma (45), Bentankur (89), Douson (90+5), Doerti (90+6).

«Tottenhem»ning eng yaxshi damlari ortda qolmoqda. O‘tgan turda «Chelsi»ga qarshi 9 kishi bo‘lib yakunlangan o‘yinda qayd etilgan 1:4 hisobi jamoani sindirib qo‘ydi. «Shporlar» o‘sha o‘yinda ozchilik bo‘lib qolishiga qaramay hujum qilishda davom etgan va javob goli ham urishgan (kichik ofsayd tufayli bekor qilindi), lekin yakunda so‘nggi daqiqalarda qarshi hujumlardan ikki gol o‘tkazib yuborgandi. Shu bilan birga, ko‘klar Angelos Posteko‘g‘li jamoasi himoyasidagi sehrni bekor qilishdi. «Vulverhempton» bilan o‘yinda ham bu jamoa 90-daqiqagacha normal o‘ynadi, bir oylik davolanishdan qaytgan Jonsonning goli g‘alaba keltirishi muqarrardek ko‘rinayotgandi.

Ammo  shanba kuniga qadar barcha gollari Pedru Netu yoki Hvang Hi Chhang ishtirokida urilgan «bo‘rilar»da yangi qahramon paydo bo‘ldi. Pablo Sarabiya 87-daqiqada maydonga tushdi va o‘ziga berilgan vaqt ichida ham gol urdi, ham ikki himoyachi orasidan o‘tkazilgan nozik uzatma bilan Leminning g‘alaba goliga hammualliflik qildi. «Tottenhem» «Arsenal»ni ikkinchi o‘ringa o‘tkazib yubordi, yakshanba kungi o‘yinda «Liverpul» muvaffaqiyatga erishgudek bo‘lsa, uchinchi o‘rinni ham boy berishi mumkin.

«Arsenal» — «Byornli» 3:1
Gollar: Trossar (45+1), Saliba (57), Zinchenko (74) — Braunhill (54). 
«Arsenal» – Rayya, Tomiyasu, Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jorjinio, Rays, Haverts (Viyeyra, 59), Trossar (Nketia, 81), Martinelli (Kivior, 90), Saka (Nelson, 81).
«Byornli» – Trafford, O`Shi, Bayyer, Teylor, Gudmundsson, Vitinio (Odober, 88), Braunhill (Obafemi, 85), Berge, Rodriges, Amduni (Remzi, 80), Koliosho (Bruun Larsen, 80).