Yevropada qişning eng köp kutilayotgan 10 transferi
|17:57 / 07.01.202422 87614 min
Mbappe jamoasini özgartirib, «MYu» esa ortiqça futbolçilardan qutuladimi?
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Yanvar – transferlar vaqti. Bu vaqtda Yevropa klublari muammoli pozitsiyalarga yangi futbolçilarni taklif etib, mavsumning birinçi qismida yuzaga kelgan muammolarini hal qilib olişi mumkin. Yoki yozda e’lon qilinadigan transferlar böyiça kelişuvga erişib olinadi. Quyida bu safargi qişki transferlar oynasida qanday ötişlar kutilayotgani haqida.
Kilian Mbappe: «PSJ» → «Real»
2024 yil kirib kelişi bilan Kilian Mbappe klublar bilan yozgi transfer uçun muzokara olib boriş huquqiga ega böldi: fransuz hujumçisining «PSJ» bilan şartnomasi muddati 30 iyunda yakunlanadi, ammo unda şartnomani uzaytiriş böyiça band ham bor, şuning uçun forvardning kelajagi hamon mavhum bölib qolmoqda. Kutilganidek, OAVda «Real» tomonidan qiziqiş töğrisidagi xabarlarning yangi tölqini boşlandi.
Kilian Mbappe. Foto: Getty Images
Bu haqdagi ilk xabarlar 29 dekabr kuniyoq çiqişni boşlagandi. Marca madridliklar klubi Kilian bilan yanvarning ilk kunlarida muzokara ötkazib, 2022 yil boşidagi takliflarini takrorlaşi haqida yozdi. Florentino Peres Mbappega 26 million yevro miqdorida yillik maoş va şartnoma imzolaşga rozi bölişi uçun 130 million yevrolik bonus taklif etişi aytildi. Katta ehtimol bilan, bu yakuniy taklif böladi: «Real» kiyim almaştiriş xonasidagi muhitni buzmaslik uçun, unga haddan ortiq maoş taklif qilmoqçi va raqobatçilar bilan poygada qatnaşmoqçi emas. Şu bilan birga, klub masala şu oydayoq uzil-kesil hal bölişini istaydi.
Agar Mbappe Peresning taklifini yana bir bor rad etsa, «Real»dagilar Kilian nomzodini butkul unutadi. Madridliklar prezidenti bu holatda Erling Holandga e’tibor qaratdi, Florentino uni fransuz hujumçisi bilan bir xilda baholaydi.
Jurnalistlar yana Karlo Ançelottidan Mbappe haqida söraşni boşlaşgan. Italiyalik mutaxassis OAV vakillarining savollarini qölidan kelgunça qaytarmoqda: «Siz [savol bergan jurnalistga qarata] men bu haqda gapirmasligimdan xabardor bölmagan yangilardan bölsangiz kerak. Men bu mavzuga töxtalmayman».
Şu bilan birga, Kilianning onasi Fayza Lamari Madrid bilan hozirgi muzokaralardan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgan. Bu köp jihatdan ispan matbuotida Mbappega ultimatum qöyadigan Peresning tajovuzkor muzokara uslubi haqida turli insaydlar çop etilişi bilan boğliq. Fayza bunday maqolalar «Real» prezidenti buyurtmasi bilan yozilayotgani va uning öğliga bosim ötkazayotganini aytmoqda. Keyinroq madridliklar boş direktori Xose Anxel Sançes Fayzani tinçlantirgani va u bilan oçiq muzokaralarga kirişgani haqida xabarlar paydo böldi.
Mavzuga oid
Hozirça matbuotda «Real»ning Mbappe uçun poygadagi yagona raqobatçisi haqida xabar çiqqan — bu «Liverpul». Mersisaydliklar uşbu fransuzni Muhammad Saloh uçun munosib örinbosar böladi deb hisoblamoqda — misrlik hujumçining şartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi, ammo u jamoani şu yil yozidayoq tark etişi mumkin: 31 yoşli vingerga Saudiya Arabistonidan qiziqişlar bor.
«PSJ»dagilar esa, albatta, Mbappeni qöyib yuborişni istamaydi. L'Equipe xabariga köra, poytaxt klubi bu masalada optimistik kayfiyatda va Kilian jamoada özini baxtli his qilayotganiga işonçi komil. Ular fransuz klub bilan şartnomani uzaytiradi va u heç qayerga ketmaydi, deb hisoblamoqda. Parijliklar uçun Mbappe — asosiy aktiv, uni asosiy yetakçiga aylantiriş uçun Neymar va Messi bilan xayrlaşilgan. Qolaversa, Mbappe ketadigan bölsa, «PSJ»da superyulduzlar qolmaydi, Holand kalibridagi boşqa futbolçilar esa APL yoki «Real» va «Barselona»ga ötişni afzal köradi.
«Mançester Yunayted» tarbiyalanuvçisi sevgan qiziga jismonan kuç işlatgani bilan boğliq mojaro tufayli bir yarim yil öynay olmadi. Yakunda sud jinoiy işni yopdi va Meyson futbolga qaytdi. Ammo «MYu» Grinvudni şubhali reputatsiyasi tufayli jamoada qoldirmadi va «Xetafe»ga ijaraga berib yubordi. Ispaniyada uşbu angliyalik ajoyib davra ötkazdi: 16 öyinda beş gol va tört assist. Endi Grinvudga ispanlarning ikki grandi – «Barsa» va «Atletiko» qiziqiş bildirmoqda, deb xabar qilgan Metro va The Sun naşrlari. Kataloniyaliklar forvard uçun 46 mln yevro tölaşga tayyorligi aytilmoqda.
Jyeydon Sanço: «Mançester Yunayted» → «Borussiya» D
«Mançester Yunayted» vingeri Jyeydon Sanço ijara asosida «Borussiya»ga ötadi, deya xabar bergan jurnalist Fabritsio Romano. 2021 yilda mankunianliklar uşbu ingliz futbolçisini aynan dortmundliklar klubidan sotib olgandi. Ijara kelişuviga köra «Borussiya» mavsumning qolgan qismi uçun «MYu»ga 3 mln yevro tölaydi va futbolçining maoşini ham öz zimmasiga oladi. Muzokaralar jadallik bilan olib borilmoqda, «Borussiya» vakillari futbolçi yaqin vaqtlar içida jamoaga qöşilişini istamoqda. Sanço 2023 yil avgust oyi oxirida boş murabbiy Erik ten Hag bilan janjallaşib qolgaç, «MYu»ning asosiy tarkibidan tuşib qolgandi.
Rafael Varan: «Mançester Yunayted» → «Al-Ittihod»/«An-Nasr»
Rafael Varan.Foto: CLIVE BRUNSKILL/GETTY IMAGES
2018 yilgi jahon çempioni va «Real» safida tört bor YeÇL ğolibiga aylangan futbolçi baribir «Mançester Yunayted» yetakçisiga aylana olmadi. Uşbu fransuz futbolçi ham boş murabbiy Erik ten Hag bilan kelişmay qolgan. Varan APLni tark etişga qarşi emas. «Real» ham markaziy himoyaçilari jarohat olib safdan çiqqani uçun, Rafaelni qaytariş variantini körib çiqqandi, ammo futbolçining yoşi (31) hisobga olinsa bu qaytiş amalga oşişi ehtimoli kam. Jurnalist Ben Jyeykobs Varanga Saudiyaning «Al-Ittihod» va «An-Nasr» klublari qiziqayotgani haqida xabar bergan. Ikki jamoa safida ham fransuzning «Real»dagi sobiq jamoadoşlari töp surmoqda: Karim Benzema va Kriştianu Ronaldu. Varan kim bilan yana bir jamoada böladi, buni vaqt körsatadi.
Konor Gallaher: «Çelsi» → «Tottenhem»
Konor Gallaher.Foto: NAOMI BAKER/GETTY IMAGES
Dekabr oyi boşlarida «Çelsi» tarbiyalanuvçisi klubni tark etişi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi va bunday xabarlar hamon tingani yöq. Jurnalist Ben Jyeykobsga köra, yarimhimoyaçi uçun asosiy da’vogar «Tottenhem» bölib turibdi. «Çelsi» Gallaherni qişda markaziy hujumçi («Brentford»dan Ayven Touni yoki «Napoli»dan Viktor Osimhen) olişni istayotgani va şu bilan birga moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uçun sotmoqçi, jamoa uni söralgan pul tölansa, aşaddiy raqiblaridan biriga sotişga ham tayyor. «Köklar» 23 yoşli futbolçisini 50-55 mln yevroga baholagan, «şporlar» esa 40 mln yevro bermoqçi. Şu bilan birga, futbolçining özi ham, boş murabbiy Maurisio Poçettino ham transferga qarşi - u jamoaning mavsumning birinçi qismidagi eng yaxşi futbolçilaridan biri böldi va jamoa sardorlaridan biriga aylandi. Ammo barçasi rahbariyatga boğliq.
Leonardo Bonuççi: «Union» → «Jyenoa»
Leonardo Bonuççi.Foto: LARS BARON/GETTY IMAGES
«Yuventus» afsonasi Germaniyaga 2023 yil yozida yöl olgandi. Berlinning «Union» klubi Çempionlar ligasida qatnaşişi tufayli tarkibini top himoyaçi bilan kuçaytirgandi. Ammo Bonuççi yakunda jamoani kuçaytira olmadi. «Union» yevrokubokda muvaffaqiyatsizlikka uçrab, guruhda sönggi örinda qolib ketdi, Bundesligada esa 10 öyindan oşiq davom etgan ğalabasiz seriya qayd etib, hozirda turnir jadvalida 15-örinda bormoqda. Joriy mavsumda himoyaçi barça turnirlar doirasida 10 öyinda maydonga tuşib, bitta gol urgan. Jurnalist Nikolo Şira xabariga köra, Bonuççi A Seriyaga qaytişga yaqin. Unga asosiy da’vogar – «Jyenoa» bölib turibdi. Leonardo Italiya milliy jamoasi bilan Yevro-2024 da iştirok etiş uçun doimiy öyin amaliyotiga ega bölişni istamoqda.
Kalvin Fillips: «Mançester Siti» → «Nyukasl»
Kalvin Fillips. Foto: Getty Images
Angliya milliy jamoasi tayanç yarimhimoyaçisi 2022 yil yozida 49 mln yevro evaziga «Lids»dan «Mançester Siti»ga ötgandi. Ammo Fillips «şaharliklar»ning asosiy tarkibi futbolçisiga aylana olmadi va faqat kubok öyinlarida tuşirilmoqda. The Telegraph xabariga köra, «Nyukasl» uni ijaraga olişni rejalaştirmoqda. «Qarğalar» imkon qadar tezroq kelişuvga erişmoqçi, çunki futbolçiga boşqa bir neça klub ham da’vogar: «Yuventus», «PSJ», «Everton» va «Kristal Pelas». «Nyukasl» jarohatlar tufayli kadrlar muammosiga duç kelgan va bu klubda ingliz futbolçisi köproq öyin amaliyotiga ega bölişi kafolatlangan. Şunday ekan, bu barça tomonlar uçun manfaatdor kelişuv bölişi tayin.
Artyom Dovbik: «Jirona» → «Barselona»/«Atletiko»
Artyom Dovbik.Foto: Getty Images
«Barselona» va «Atletiko» Meyson Grinvuddan taşqari yana bir futbolçi uçun raqobatlaşmoqda. Jamoalar mavsumning sensatsiya jamoasi – «Jirona» forvardini köz ostiga olişgan. Jurnalist Akram Konurga köra, kataloniyaliklar va madridliklar Artyom Dovbikka qiziqiş bildirmoqda. 26 yoşli ukrainalik APL klublarining ham nazariga tuşgan. Dovbik joriy mavsumda «Jirona» safida 18 öyinda maydonga tuşib, 11 gol urgan va tört assist muallifiga aylangan. Kataloniyaliklar turnir jadvalida «Real» bilan bir xil oçko töplagan holda qöşpeşqadamlik qilmoqda. Şu bilan birga, Artyom bu qişda klubini özgartira olmaydi – u allaqaçon bu mavsumda ikki klub uçun maydonga tuşib qöygan (u avgust oyida «Dnepr»dan transfer qilingandi). Şu tufayli, qişda biror klub bilan kelişuvga erişilsa ham, u yangi klubidagi debyutini faqat yozda amalga oşirişi mumkin böladi.
Seru Girassi: «Ştutgart» → «Bavariya», «MYu»
Seru Girassi. Foto: Getty Images
«Bavariya» hujum çiziğida Harri Keynga şerik qidirmoqda. Jurnalist Kristian Falkning xabariga köra, myunxenliklar «Ştutgart» forvardi Seru Girassiga qiziqmoqda, «Bavariya» futbolçini sotib olişni istamoqda. Futbolçi qişda olib kelinişi ham, yozda olib kelinişi ham mumkin, mavsum yakunida uning transferi uçun 20 mln yevrolik band işga tuşadi. Joriy mavsumda 27 yoşli Seru Bundesliga doirasida 14 öyinda maydonga tuşib, 17 gol urgan va bir golga assistentlik qilgan. «Ştutgart» hujumçisi — Germaniya çempionatida ikkinçi töpurar bölib turibdi. Undan köproq golni myunxenliklarning asosiy hujumçisi Keyn urgan (21). Şu bilan birga, hujumçiga «MYu»dan ham qiziqiş bor. Lekin inglizlarda hujum çiziği uçun boşqa variantlar ham bor – klubdagilar Girassidan taşqari Timo Verner va Tomas Myuler atrofidagi vaziyatni ham kuzatib borişmoqda.
Avvalroq «Barselona» a’zosi bölgan, sönggi mavsumlarda «Nitssa» safida öynab kelayotgan uşbu himoyaçi APLning top-klublari nazariga tuşdi. FootMercato xabariga köra, «Çelsi», «Tottenhem» va «Mançester Yunayted» klublari rahbarlari uşbu fransuz futbolçisini olib kelişni istamoqda. «Köklar» Todibo böyiça muzokaralarga kirişgan, ular himoyaçini yanvardayoq qölga kiritmoqçi. «Tottenhem» esa tölaqonli taklif yuborib bölgan, futbolçi ham «şporlar» loyihasiga qiziqiş bildirmoqda, ammo klublar hali kelişuvdan uzoqda. «MYu» vaziyatni kuzatişda davom etmoqda. Yakunda Todibo mavsumni qaysi klubda davom ettirişi oy oxirigaça aniq böladi.