8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

14:54 / 02.05.2019 6284

Hindistonda quyun yaqinlashishi tufayli 800 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

Foto: Hindustan Times

Hindiston sharqidagi Orissa shtati hukumati "Fani" quyuni yaqinlashib kelayotgani sababli sohilbo‘yi hududlarida yashovchi 800 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinishini ma'lum qildi. Bu haqda Times of India gazetasi xabar bermoqda.

Evakuatsiya payshanba kechqurunga qadar yakunlanishi lozim. Odamlar maxsus jihozlangan markazlar, ta'lim muassasalari va boshqa mustahkam binolarga joylashtirilmoqda.

Taxmin qilinishicha, "Fani" quyuni shtat sohiliga juma kuni kunduzi yetib keladi. 

Shamol tezligi soatiga 200 kilometrga yetishi mumkin, shuningdek, kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar beradi gazeta Hindiston Meteorologiya departamentiga tayanib.

Top