8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

15:56 / 02.05.2019 5415

Oyoq kiyimi ichiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh qilindi

Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishi bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shu kabi holat fosh etildi.

Qo‘shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro K.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilarning e'tiborini tortdi. Ushbu fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, o‘z yonida oyoq kiyimi tagligi ichiga yashirgan holda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, og‘irligi 420 gramm oq rangli metalldan yasalgan, qiymati 12,6 million so‘mlik 29 dona uzuk, 24 juft zirak, 19 dona kulon, 28 dona zanjir va 3 dona bilak uchun zanjir zargarlik buyumlarini yashirib, olib o‘tishga bo‘lgan urinishlari naf bermadi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Aynan shu post xodimlari qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.S.ni ham xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishganda, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan oq metalldan yasalgan og‘irligi 120 gramm oq metalldan yasalgan, qiymati 3,6 million so‘mlik 19 dona zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida yashirincha olib kirish uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Top