Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiy tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi
Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi 2022 yilning 11 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasida xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani depozitariy (Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati)ga yuborish nazarda tutilgan.
Mazkur qaror loyihasi imzolanishi natijasida:
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo-davlatlar o‘rtasida o‘zaro savdoda yanada qulay muhit yaratiladi;
“soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” tizimi qo‘llanadigan tovarlarni olib kirish va olib chiqishda to‘lanadigan bojxona bojlari, soliqlar va boshqa yig‘imlarning to‘liq hajmda undirilishi ta’minlanadi;
tovar-yuk hujjatlaridagi ma’lumotlarni nazorat qilish, ularni qasddan oshirish yoki pasaytirib ko‘rsatish hamda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qalbaki hujjatlardan foydalanish holatlari oldini olish imkoniyati yaratiladi.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026