8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

14:37 / 06.05.2019 21338

Andijonda mudhish YTH: 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi kasalxonaga yotqizildi

Foto: poltava365.com

5 may kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 65 yoshli X.K. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini Madaniyat mahalla hududida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u shu yerda harakatlanib kelayotgan Xo‘jaobod tumanida yashovchi 30 yoshli J.A. boshqaruvidagi “NOWO” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Damas” avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchining turmush o‘rtog‘i 60 yoshli A.K. jarohat olib voqea joyida va haydovchi kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar. Shuningdek, qolgan yo‘lovchilari - haydovchining kelini 32 yoshli M.T. va uning 2 yoshli qizi S.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top