14:03 / 10.05.2019
1811
«Yosh yong‘in o‘chiruvchi» va O‘zbekiston chempionati musobaqalarining respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Respublikamizda umumta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yosh yong‘in o‘chiruvchi” va “O‘zbekiston Respublikasi chempionati” musobaqalarining respublika bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda FVV YoXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Mazkur musobaqaning birinchi bosqichi joriy yilning 1-15 aprel kunlari tuman-shahar miqyosida har bir umumta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, ushbu bosqichda o‘quvchilar orasidan umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha eng yaxshi natijalarni ko‘rsatganlar aniqlandi. G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, tuman-shahar terma jamoasi shakllantirildi va ikkinchi, ya'ni viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Musobaqaning ikkinchi bosqichi 1-18 may kunlari nazariy shartga ko‘ra ishtirokchilarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim saviyalari test sinovlari asosida hamda amaliy shartlarga ko‘ra «100 metrga to‘siqlar osha yugurish», «Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasiga ko‘tarilish» hamda «Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi» turlari bo‘yicha o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu bosqichda ham g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanmoqdalar hamda viloyat terma jamoasi shakllantirilib, uchinchi, ya'ni respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oladilar.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Sport musobaqasining respublika bosqichi 30 maydan 2 iyunga qadar Jizzax shahrida o‘tkaziladi. 31 may kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

 

Top