8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

20:25 / 13.05.2019 45198

Test uchun to‘lov miqdori kamaytirildi. Abituriyentlar endi oliygoh hududida hujjat topshirmaydi 

Abituriyentlardan hujjatlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ko‘rsatilgan. 

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat OTMlariga bakalavriatga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishadi.

«Shuningdek, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta'minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun EKIH yarim baravari (101 ming 365 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo‘limga ajratib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi», deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasida birinchi urinishda o‘qishga kirolmay qolgan abituriyentlar ikkinchi va keyingi yillarda o‘qishga topshirish uchun eng kam ish haqining 1 barobari (202 ming 730 so‘m) miqdorida to‘lov to‘lashi, birinchi yili o‘qishga topshirayotganlar uchun hujjat topshirish bepul bo‘lishi ko‘rsatilgandi.

Top