Kuni kecha, 13 avgust kuni Davlat qabul komissiyasining 2-sonli bayonnomasi e’lon qilindi. Unga asosan, bakalavriatga bu yilgi qabulda chet tilidan imtiyoz beruvchi sertifikatlar soni yana bittaga ko‘paydi.

«Pandemiya sharoitida chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmagani inobatga olinib, 2020/21 o‘quv yili qabuli uchun OTMlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda IELTS Indicator B2 va undan yuqori darajasiga ega abituriyentlarga istisno tariqasida chet tili fanidan maksimal ball beriladi», – deyiladi DTMning komissiya bayonnomasiga asoslangan rasmiy axborotida.

Bu yangilik abituriyentlar orasida norozilik uyg‘otmoqda. Yangilik e’lon qilingach, abituriyentlar Telegram'da qariyb 900 nafar a’zoga ega guruh ham tashkil qilishgan.

IELTS Indicator o‘zi nima?

IELTS Indicator – ingliz tilida o‘qish, yozish, tinglash va gapirish ko‘nikmasini baholovchi test tizimi bo‘lib, u pandemiya davrida bo‘lajak talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun onlayn shaklda tashkillashtirilgan. Bu sinov talabgorga uyda turib test topshirish imkonini beradi.

IELTS Indicator ham xuddi IELTS testlari bilan bir xil tuzilishga ega va vaqt davomiyligi ham bir xil hisoblanadi. Bu imtihonda gapirish ko‘nikmasini aniqlash IELTS eksperti bilan yuzma-yuz videosuhbat tarzida tashkil etiladi.

IELTS Indicator koronavirus cheklovlari tufayli IELTS imtihonlari o‘tkazilishi to‘xtatib turilgan davlatlarda o‘tkazilmoqda. U orqali bo‘lajak talabalar ingliz tilida o‘z bilimlarini aniqlashlari mumkin, uning materiallari ham IELTS bazasidan olingan savollardan iborat va javoblarni IELTS ekspertlari tekshiradi. 

Bu sinovni topshirish uchun 16 yosh yoki undan kattaroq bo‘lish talab etiladi. Imtihonning 4 ta bo‘limiga xuddi IELTS'dagidek vaqt ajratiladi, javoblar esa 7 kunda e’lon qilinadi.

Test tashkilotchilari test natijasi taxminiy aniqlikda ekanini tasdiqlaydi. Platforma saytida: «IELTS Indicator faqat taxminiy aniqlikdagi (indicative) balni chiqarib beradi va u hamma tashkilotlar tomonidan ham qabul qilinmaydi. Shuning uchun testga buyurtma berishdan oldin universitetingiz uni qabul qilish-qilmasligini tekshirib, ishonch hosil qiling», – deb