8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

11:10 / 13.05.2019 6367

Urgutda institut filiali tashkil etilishi mumkin

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Samarqand viloyati, Urgut tumanida Samarqand iqtisodiyot va servis institutining filialini tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Bildirilishicha, Samarqand viloyati, Urgut tumanida Samarqand iqtisodiyot va servis institutining yoki respublikamizdagi boshqa biznes va menejmentga ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish kerak. 

“Bugungi kunda Urgut tumanida besh yuz mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tumanda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilib, hozirda tumanda ko‘plab xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda. Bu korxonalarni yuritish uchun menejment, buxgalter, auditorlik yo‘nalishidagi oliy ma'lumotli kadrlarga ehtiyoj bor. Shuningdek, tumanda oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil qilish uchun imkoniyatlar yetarli”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Samarqand viloyati, Urgut tumanida Samarqand iqtisodiyot va servis institutining yoki respublikadagi boshqa, biznes va menejmentga ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish so‘ralgan.

Top