8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

14:22 / 17.05.2019 10616

Afg‘onistonda anglashilmovchilik tufayli berilgan aviazarba natijasida 17 politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: Ahmad Masood/Reuters

Afg‘oniston hukumati G‘ilmind viloyatida “Tolibon” harakatiga qarshi olib borilgan janglar vaqtida anglashilmovchilik sababli berilgan aviazarba oqibatida 17 politsiyachi halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, yana 14 nafar politsiyachi jarohat olgan. 

Aviazarbani kim - Afg‘oniston HHK yoki Amerika koalitsiyasi amalga oshirgani haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Viloyat gubernatori voqea yuzasidan surishtiruv boshlanganini ma'lum qildi.

Top