2019 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 5,4 foizga oshirdi.
Hisobot davrida, O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat korxonalari qariyb 22,05 mlrd KVt/s. elektr energiyasi ishlab chiqardi.
Shuningdek, yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 11,7 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga kamdir.